Aksiyalarni sotib olishni qanday boshlash kerak?

Birjadagi barcha operatsiyalar professional ishtirokchilar (brokerlar) orqali o’tishi kerak. Birjaning uzse.uz saytida tegishli ravishda akkreditatsiya qilingan brokerlarning barcha aloqalari berilgan sahifa (havola) mavjud. Mijoz brokerni tanlaydi, u bilan bog’lanadi va qimmatli qog’ozlarni saqlash va mablag’larni hisobga olish uchun depo hisobni ochadi.

Ba’zi brokerlar mijozlarga fondbozori.uz platformasi orqali to’g’ridan-to’g’ri tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi, boshqalari esa bunday kirishni ta’minlamasligi mumkin. Ammo texnik jihatdan bunday imkoniyat mavjud. Broker bilan tuzilgan shartnomada bitimlarni kim amalga oshirishi ko’rsatilishi kerak. Agar brokerlar fondbozori.uz saytiga kirishni ta’minlasa, investorlarning o‘zlari dunyoning istalgan nuqtasida login va parol orqali ko‘rsatilgan savdo portaliga kirib, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.

Savdo Koreya birjasi tomonidan oʻrnatilgan va 2016-yil avgustidan beri faoliyat yuritib kelayotgan Yagona dasturiy-apparat majmuasida amalga oshiriladi.

*Broker – o‘z mijozining topshirig‘i va hisobidan qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshiradigan professional ishtirokchi. Brokerlar ham dilerlik operatsiyalarini, ya’ni o‘z nomidan va o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirish huquqiga ega.

O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston fond bozorini yetti yil ichida 20 barobar oshirish rejalashtirilgan

Segmentni rivojlantirish bo’yicha yangi yo’l xaritasi rejalarni hayotga tatbiq etishga yordam beradi O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirish bo‘yicha yangi hujjat qabul qilindi. Kelgusi yetti yil uchun KPIlardan biri ochiq sotiladigan

Batafsil
Fevral 1, 2024
“Kam aksiyalar sotilmoqda” — Toshkent birjasi rahbari fond bozori muammolari haqida

Georgiy Paresishvili 2023-yilda o‘tgan yilgi savdo hajmiga erishish mumkin bo‘lmasligini kutmoqda. “Toshkent” fond birjasi boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili so‘nggi yillarda O‘zbekiston fond bozoridagi muammolar haqida so‘zlab berdi, deya

Batafsil
Fevral 1, 2024
O‘zbekiston jahon fond bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish niyatida

Joriy yilning 6-dekabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (O‘zDIF) ko‘magida Citibank (AQSh) bir guruh ekspertlari tomonidan mahalliy mutaxassislarning

Batafsil
Fevral 1, 2024