Konsalting xizmatlari

Biz moliyaviy bozorlarda sizning salohiyatingizni oshirish va portfelingizni muvaffaqiyatli boshqarishni ta’minlash uchun keng ko’lamli maslahat xizmatlarini taqdim etamiz.

Bizning maslahatchi sifatidagi asosiy vazifamiz korxonalarga aktsiyadorlar bilan munosabatlarni o’rnatish va qonunlarga rioya qilish uchun professional maslahatlar berishdir.

Investitsiyalarni strategik loyihalashtirish
  • Moliyaviy maqsadlaringiz va investitsion risklarni hisobga olgan holda individual investitsiya strategiyasini ishlab chiqish.
  • Maksimal daromadga erishish uchun aktivlarning optimal taqsimlanishini aniqlash.
Bozor va trendlar tahlili
  • Istiqbolli investitsiya imkoniyatlarini aniqlash uchun fundamental va texnik bozor tahlilini o’tkazish.
  • Bozordagi o’zgarishlarga muvofiq tendentsiyalarni kuzatish va strategiyani yangilash.
Portfel diversifikatsiyasi
  • Risklarni minimallashtirish uchun portfelingizni diversifikatsiya qilish bo’yicha tavsiyalar.
  • Sizning investitsiya maqsadlaringizga mos keladigan aktivlarni tanlash.
Ma’lumotlar bilan ta’minlash

OpenInfo yagona korporativ ma’lumotlar portalida va korxonalarning korporativ veb-saytida cheklanmagan miqdordagi shaxslar uchun mo’ljallangan aksiyadorlik jamiyati ma’lumotlarini o’z vaqtida tayyorlash va e’lon qilish.

Biz bilan bog’lanish