163-OāRQ 24-moddasiga muvofiq, qimmatli qogāozlar bozorida professional faoliyat yurutuvchi deb quyidagilar hisoblanadi:
- investitsiya vositachisi;
- investitsion maslahatchi;
- investitsiya fondi;
- investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi;
- transfer agenti;
- qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyat litsenziyalanadi (bunday faoliyatning ayrim turlari xabar berish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi). Qimmatli qogāozlar bozori mutaxassisi malaka sertifikatiga ega boālgan kamida ikki nafar xodimi bor (investitsiya fondidan tashqari) yuridik shaxslargina qimmatli qogāozlar bozorining professional ishtirokchilari boālishi mumkin. Qimmatli qog’ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati besh yil muddatga beriladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyat xorijiy tashkilot tomonidan yangisini tashkil etish yoki mavjud yuridik shaxs – qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisining ustav kapitalida ishtirok etish yo’li bilan amalga oshiriladi.